E’LON! Аkademiyada talabalarning o‘qishni ko‘chirish va tiklash jarayoni davom etmoqda

E’LON! Аkademiyada talabalarning o‘qishni ko‘chirish va tiklash jarayoni davom etmoqda

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori asosida “Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘gʼrisida”gi Nizomi tasdiqlangan.

Unga ko‘ra 2020-2021 o‘quv yili mavsumi uchun oliy taʼlim muassasalarida talabalarning o‘qishni ko‘chirish va tiklash bilan bogʼliq jarayonlari boshlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘gʼrisida”gi Nizomga muvofiq 2020/2021 o‘quv yili uchun akademiyaga talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash bo‘yicha arizalar joriy yil 15 iyuldan 5 avgustgacha vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron dastur (transfer.edu.uz) orqali onlayn qabul qilinishi (ro‘yxatdan o‘tkazilishi) belgilangan.

Fuqarolardan o‘qishini ko‘chirish (tiklash) to‘gʼrisida kelib tushgan arizalarni o‘rganib chiqish bo‘yicha akademiya Komissiyasi tarkibi tuzilgan.

Hozirda ushbu Komissiya nizomda belgilangan bandlar bo‘yicha talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash yuzasidan fuqarolarni qiziqtirgan savollarga tezkor javob qaytarish, kerakli tavsiya va maslahat berish kabi faoliyatlarni olib bormoqda.

Аgar sizda o‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha Аkademiya faoliyatiga oid biror-bir savol tugʼilsa, yoki mazkur jarayon bilan muntazam tanishib bormoqchi bo‘lsangiz, Аkademiya rasmiy www.iiau.uz veb-sayti hamda https://t.me/iiau_official telegram kanalida berilayotgan maʼlumotlarni kuzatib borishingiz hamda quyidagi 97 7263658, 71 2440049 telefon raqamlar orqali bogʼlanishingiz mumkin.

Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email