E’LON! IJODIY IMTIHON: Karantin sharoitida o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqilmoqda

E’LON! IJODIY IMTIHON: Karantin sharoitida o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqilmoqda

Maʼlumki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga hujjat topshirgan abiturientlar uchun 11-13 iyul kunlari Dastlabki imtihon — intellektual test jarayoni bo‘lib o‘tdi. Mazkur sinovlar onlayn tarzda (https://bit.ly/2W5k8oc) muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Hozirda belgilangan tartibga ko‘ra test natijalari adolatli, shaffof va tezkorlik bilan tahlil etilib, Davlat test markazi bazasiga joylanmoqda.

Navbatdagi bosqichda esa, avval xabar berganimizdek, Аkademiyaning maʼlum yo‘nalishlariga 15 iyuldan Ijodiy imtihonlar o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur tartib joriy yildan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʼrisida”gi 358-sonli (https://bit.ly/31jvg4s) qarori asosida tatbiq etildi.

Biroq hozirda epidemiologik vaziyat taqozosidan kelib chiqib, abiturientlar uchun Ijodiy imtihonni namunali tashkil etish va o‘tkazish jarayoni qayta ko‘rib chiqilmoqda(!).

Ijodiy imtihonga doir yangiliklar tez fursatda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy WWW.iiau.uz sayt va telegramm kanallarida eʼlon qilinadi. Shu bois abiturientlarni chalgʼituvchi boshqa turli sayt va telegramm kanallaridagi axborotlarga ortiqcha eʼtibor bermaslikni so‘raymiz.

Yangiliklardan o‘z vaqtida boxabar bo‘lib borish uchun WWW.iiau.uz saytiga muntazam eʼtibor qaratib boring.

Barcha abiturientlarga omad tilaymiz!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email