DIQQАT YANGILIK! O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yangi va zamonaviy yo‘nalish ochildi!

DIQQАT YANGILIK! O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yangi va zamonaviy yo‘nalish ochildi!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida zamon talablari ehtiyojidan kelib chiqqan holda yangi — “Аxborot xavfsizligini boshqarish” mutaxassislik yo‘nalishi ochildi(!).

Zarurat. Bugun hayotimiz va butun ish faoliyatimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Yuqori texnologiyalarning jadal rivojlanishi mavjud axborotdan samarali va o‘rnida foydalanish barobarida noto‘gʼri va xato xabarni saralashni o‘rganish hamda foydalanuvchini kiber tahdidlarning har qanday ko‘rinishidan himoya qilishni ham taqozo etmoqda.

Maqsad. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tayyorlanadigan Аxborot xavfsizligini boshqarish yo‘nalishi bitiruvchisi — axborot makonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar — texnologik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, mafkuraviy, diniy va hokazo. Boshqarishda zarur bilim va tajribaga ega mutaxassis bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, u har qanday tashkilotning ijobiy Imijini yaratish (PR texnologiya), jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlash hamda faoliyat samaradorligini taʼminlashda axborot va zarur maʼlumotlarni tahlil etadigan kadr hisoblanadi.

  

Bilim va konikma. Mazkur mutaxassislikda taʼlim olishda talaba axborot tizimlari, resurslar va dasturiy taʼminot yaratish, elektron tizimlarning zaif joylarini aniqlash va nazorat qilish, axborot xavfsizligiga doir keng bilim va malakani egallaydi.

Ish o‘rni. Shu bois, akademiyaning mazkur mutaxasislik yo‘nalishi bitiruvchisi davlat va jamiyat boshqaruvi hamda xalq xo‘jaligining barcha soha va tarmoqlari faoliyatida eng ehtiyoj yuqori bo‘lgan mutaxassis-kadr bo‘lishi shubhasiz.

Taklif. Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy bilimlar va xorijiy tillarni o‘rganishga qiziquvchi abiturientlarni mazkur yangi yo‘nalishga hujjat topshirishga taklif etamiz.

Imkoniyat. 2020-2021 o‘quv yilida davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlariga ko‘ra “Аxborot xavfsizligini boshqarish” mutaxassislik yo‘nalishiga jami 25 nafar talaba qabul qilinishi nazarda tutilmoqda. Shundan 12 nafar talaba davlat granti asosida taʼlim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shoshiling!

Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 


Print   Email