Аbiturientlar diqqatiga: Intellektual test apellatsiyasi qay tartibda ko‘riladi?

Аbiturientlar diqqatiga: Intellektual test apellatsiyasi qay tartibda ko‘riladi?

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga hujjat topshirgan abiturientlar 11-13 iyul kunlari dastlabki imtihon — intellektual test topshirishadi. Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʼrisida”gi 358-sonli (https://bit.ly/31jvg4s) qarori asosida joriy etilganidan xabaringiz bor.

Bugungi kunda karantin holatidan kelib chiqib, Intellektual test onlayn tarzda(https://bit.ly/2W5k8oc) o‘tkazilmoqda. Shu bois mazkur sinovga abiturient nafaqat intellektual bilimlari bo‘yicha, balki texnik (kompyuter yoki mobil apparatining sozligi, internet tarmogʼi muvofiqligi) jihatlariga ham eʼtibor qaratishi zarur(!).

“O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘gʼrisida Nizomning 38-bandiga muvofiq, imtihon natijalariga doir maʼlumot Аkademiyaning axborot stendlarida va Internet jahon axborot tarmogʼidagi rasmiy veb-saytida imtihon o‘tkazilgandan keyingi 2 (ikki) kun ichida joylashtiriladi.

Tabiiy savol tugʼiladi: agarda abiturient eʼlon qilingan natijalardan qanoatlanmasa kimga, qachon va qanday murojaat qilishi lozim?

Аlbatta, har qanday sinovlar jarayonida tushunmovchilik holatlari yuzaga kelishi ehtimoldan holi emas. Shu bois, “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘gʼrisida Nizomning 2-bob, 39-bandiga (https://bit.ly/31jvg4s) ko‘ra, Dastlabki imtihon natijalari eʼlon qilinganidan so‘ng bir kundan kechikmagan holda ularni qayta ko‘rib chiqish uchun Call Center (https://bit.ly/2YzNVHh)ga murojaat qilinishi mumkin.

Shunga muvofiq holda, Fuqarolarning ushbu masala bo‘yicha murojaatlari qabul komissiyasi tomonidan abiturient dastlabki imtihon natijalarini qayta ko‘rib chiqish uchun murojaat qilgan kunidan keyingi 2 (ikki) kun ichida ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Yana bir bor taʼkidlash joizki, Nizomning 40-bandiga asosan Dastlabki imtihonni qayta o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘z navbatida eslatib o‘tish kerakki, Nizomning 35-bandiga asosan Dastlabki imtihon(intellektual test)ni topshirmagan abiturientlarga bir nechta oliy taʼlim muassasasini tanlash jarayonida Аkademiyani belgilashga ruxsat berilmaydi(!).

Shu nuqtai nazardan, barcha abiturientlardan test jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishni so‘ragan holda, sinovlarda omad tilaymiz.

Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email