АBITURIENTLАR DIQQАTIGА: Dastlabki muvaffaqiyat yangi yutuqlarga poydevor bo‘lsin!

АBITURIENTLАR DIQQАTIGА: Dastlabki muvaffaqiyat yangi yutuqlarga poydevor bo‘lsin!

 Dastlabki imtihon (Intellektual test)dan 50 va undan yuqori ball oldingizmi?

...Unda Sizni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi bo‘lish yo‘lidagi dastlabki muhim bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tganingiz bilan qutlaymiz!

Endi Siz 20 iyul kuniga qadar belgilangan tartibda:

—    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali WWW. my.gov.uz;

—    Yagona interaktiv davlat xizmatlarining hududiy bo‘limlari;

Davlat test markazining dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan birga 4 tagacha (barcha taʼlim yo‘nalishlarida ham bu imkoniyat mavjud emas) o‘zingiz tanlagan mutaxassislik bo‘yicha fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil bo‘lgan oliy o‘quv yurtini belgilab, ro‘yxatdan o‘tishingiz zarur(!).

Unutmang, belgilangan tartibda o‘z vaqtida dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish abiturientning o‘z masʼuliyatidadir.

O‘z navbatida eslatib o‘tish kerakki, “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘gʼrisida Nizom”ning 35-bandiga (https://bit.ly/31jvg4s) asosan Dastlabki imtihonda yetarli ball to‘play olmagan abiturientlar DTMda ro‘yxatdan o‘tishda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasini belgilash imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar(!).

Dastlabki imtihon (intellektual test)dan muvaffaqiyatli o‘tgan abiturientlar ro‘yxati bilan Аkademiya saytida tanishib chiqish mumkin.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email